Toşkentda 2 ta sun’iy köl qurilyapti

Amaldagi tartibga köra, davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinmagunça yer qaziş va quriliş işlarini boşlaş qat’iyan taqiqlanadi.
Şunga qaramay, mutasaddilar joyiga çiqib örganganida, har ikkala obyektdan biri 60 foizga bitkazilgani, ikkinçisida esa yer qaziş işlari allaqaçon avjida ekani aniqlangan.
Sergeli tumanidagi “Xonobodtepa” mahallasida 78 gektar maydonni egallaydigan yirik park va 4,6 gektarli köl taşkil etilmoqda. Orolça, piyodalar köpriklari, velosiped yölaklari hamda 5 ming tup yangi daraxt ekilişi rejalaştirilgan uşbu hudud kuniga 2 ming nafargaça taşrif buyuruvçini qabul qila oladi. Bu yerda ham ruxsatnoma hujjatlari çiqmasdan turib işlar boşlab yuborilgan.
Mirobod tumanidagi “Yuksaliş” mahallasida esa Tolariq kanali hududida köl qurilişi ekspertlar yetib borgunga qadar 60 foizga bajarib bölingan edi. Aholi uylaridan atigi 14 metr uzoqlikda joylaşgan uşbu obyektdagi ekologik hujjatlarda bir qator nomuvofiqliklar, jumladan buyurtmaçi kompaniya nomidagi çalkaşliklar hamda yaşil hudud uluşining belgilangan normadan kam körsatilgani qayd etilgan.
- #sun’iy köl
- #Toşkent
- #ekologiya








