Rossiya Turkiy davlatlar taşkilotida kuzatuvçi maqomini olişi mumkinmi?

Eslasangiz, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya TDTda kuzatuvçi a’zo maqomini beriş taklif qilgan edi. Turkiy davlatlar bilan aloqalar raisi Kurşad Zorlu bunga izoh berdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Zorluning qayd etişiça, 2021-yilda Istanbulda bölib ötgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi davlat rahbarlarining 8-sammitida kuzatuvçilik maqomiga doir qabul qilingan nizomda til böyiça aniq talab belgilangan:
“Unga köra, kuzatuvçi a’zolik uçun faqat turkiy tillardan yoki qarindoş tillardan birini davlat tili yoxud rasmiy til sifatida, ya’ni mamlakatning ayrim hududlaridagina emas, butun mamlakat böylab rasmiy yozişmalar tili sifatida qabul qilgan davlatlar TDTda kuzatuvçi maqomini oliş uçun ariza berişi mumkin. Uşbu toifaga kirmaydigan uçinçi davlatlar bilan Taşkilot örtasida özaro manfaatlar asosida moslaşuvçan hamkorlik örnatiş ham közda tutilgan. Şu maqsadda ötgan yili TDT Plus hamkorlik modeli qabul qilindi”, — dedi u.
Zorlu Anqara sammitida Qozoğiston prezidenti Töqayev tilga olgan uşbu modelga köra, a’zo davlatlar ma’qullaydigan uçinçi mamlakat bilan taşqi işlar vazirlari yoki davlat rahbarlari darajasida yuqori saviyadagi uçraşuv ötkaziş barça a’zolarning umumiy qarori bilan mumkin bölişini bildirdi.
Zorlu, şuningdek, Töqayev taklif qilgan TDT Plus hamkorlik modeli uçinçi davlatlar bilan moslaşuvçan hamkorlik uçun zamin yaratişni közlaşini aytgan, şunday dedi:
“Bunday talab kun tartibiga qöyilgan taqdirda, masala barça a’zo davlatlarning roziligi bilan, Taşkilotning strategik maqsadlari va turkiy dunyoning umumiy manfaatlari hisobga olingan holda, albatta, munosib tarzda körib çiqiladi”, — dedi Turkiy davlatlar bilan aloqalar raisi.
TDT doirasida Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti (TÜRKSOY) va Turkiy akademiya kabi hamkor xalqaro taşkilotlar mavjud. 1993-yilda taşkil etilgan TÜRKSOY madaniyat sohasidagi eng keng va faol hamkorlik maydonlaridan biridir. Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Oltoy, Tuva, Çuvaş, Boşqirdiston, Yakutiya va Tatariston TÜRKSOYda kuzatuvçi a’zo hisoblanadi.
Biroq Rossiya Federatsiyasining 2015-yildagi qaroridan keyin uşbu respublikalarning TÜRKSOY bilan hamkorligi amalda töxtagan. Öşandan beri tomonlar örtasida uçraşuv yoki tadbir ötkazilmagan. Kürşad Zorlu TURKSOYdagi bu holatni qayta körib çiqib, madaniy hamkorlikni yana jonlantirişni taklif qildi.








