AQŞda oraliq saylovlar. Kimda imkoniyat köproq va natijalar Özbekistonga qanday ta’sir qiladi?

AQŞda 3-noyabr kuni Kongressga (AQŞ parlamenti) oraliq saylovlar bölib ötadi. Ikki yil oldin Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Tramp saylovlarda ğalaba qozonib, AQŞ Prezidentiga aylangan, uning partiyasi esa parlamentning har ikki palatasida köpçilik örinni qölga kiritgandi. Biroq bu safar Respublikaçilar partiyasi qiyin ahvolda, mamlakatda yuz bergan oxirgi voqealardan söng amerikaliklarning amaldagi hukumatga işonçi pasaydi. Muxolifatdagi Demokratlar partiyasi har ikki palatada ustunlikni qölga kiritişi mumkin.
Oraliq saylov nima?
AQŞda parlament saylovi har 2 yilda, Prezidentlik saylovi esa har 4 yilda ötkaziladi. Prezidentlik saylovi bilan bir vaqtda ötkaziluvçi parlament saylovi “umumiy saylov” (general election), prezidentlik muddatining 2-yilida ötkaziluvçi parlament saylovi esa “oraliq saylov” (midterm election) deb ataladi. Bunday nomlanişga sabab oraliq saylov Prezidentlik muddati orasida ötkazilişidir.
Parlament saylovlarida Vakillar palatasi tarkibi töliq, Senat tarkibi esa 3/1 qismga yangilanadi. Nega senatorlar ham töliq qayta saylanmaydi? Gap şundaki, har 2 yilda parlamentning ikkala palatasi ham butkul yangilanib, siyosiy beqarorlik paydo bölmasligi uçun amerikaliklar yuqori palatani har saylovda 3/1 qismga yangilab boradi. 100 öringa ega Senatda senatorlar 33 nafardan iborat 3 guruhga bölinadi va navbat bilan saylovlarda qatnaşadi.

Senatorlar Jey Vens va Marko Rubio mos ravişda vitse-prezident va davlati kotibi (taşqi işlar vaziri) lavozimiga ötgani uçun bu yilgi saylovda ularning 2 örni ham 33 senatorlik örniga qöşilib, qayta saylanadi. Demak 3-noyabrdagi oraliq saylovda amerikaliklar 435 nafar Vakillar palatasi deputatini va 35 senatorni saylaydi.
Bundan taşqari aksar ştatlarda gubernatorlar va mahalliy qonun çiqaruvçi organlar saylovi ham bölib ötadi.
Kimda imkoniyat yuqori?
Respublikaçilar partiyasi ikki yil oldin – 2024-yil saylovda muvaffaqiyatga erişib, Kongressning har ikki palatasida köpçilik örinni qölga kiritgandi. Bu respublikaçi Prezident Trampga qonunçilik taşabbusi borasida keng imkoniyatlar taqdim etdi, u parlamentning keng qöllovidan foydalandi.
Ammo ikki yil davomida vaziyat özgardi. Eronga qarşi muvaffaqiyatsiz uruş, yonilği narxlarining keskin oşişi, migratsiya borasidagi va’dalarning bajarilmagani va boşqa omillar sabab amerikaliklar orasida Respublikaçilar partiyasini qöllovçilar kamaydi. Demokratik partiya aynan şundan foydalanib qolişi mumkin.
Umuman AQŞdagi oraliq saylovlarda muxolifat partiya Kongressda köpçilik örinni egallaşi tarixiy odatga aylangan. Ikki holatni (1998-yil va 2002-yildagi saylovlar) hisobga olmaganda bu doim takrorlangan.
Biroq respublikaçilar oxirgi yillarda muxolifat rolida ham katta muvaffaqiyatga erişmagan. 2018-yilgi oraliq saylovda ular mutlaq yutqazdi, 2022-yil esa 79 yoşli demokrat prezident Jo Bayden davrida, benzin narxlari oşgan, aholi bundan jiddiy norozi bölgan vaqtda ham va’da qilingan “qizil tölqin” yuz bermadi. Öşanda respublikaçilar Vakillar palatasida, va’da qilingan “katta tafovut” örniga bir neçtagina köproq örin oldi.

Hozir ham respublikaçilarning Vakillar palatasidagi ustunligini yöqotişi uçun juda köp ovoz kerak emas: örinlar nisbati respublikaçilar foydasiga 218 ga 214. Yana bir neçta deputatlik örni böş turibdi. Respublikaçilar ayni paytda minimal köpçilik örinni egallagan. Demokratlar bu palatada qiyinçiliksiz ğalaba qozonişi mumkin.
Tramp Kongressning quyi palatasi ustidan nazoratni yöqotmaslik uçun saylov okruglarini qayta çizişga harakat qildi. Bu Amerika siyosatida qadimdan mavjud usul bölib, uning maxsus nomi ham bor: jerrimendering. Bir paytlar bu öziga xos san’at bölgan, ammo bugungi katta ma’lumotlar davrida u aniq fanga aylandi.
AQŞda ştatlar, okruglar va qişloqlar qaysi partiyani qöllaşi oldindan hisob-kitob qilinadi. Masalan, qişloq aholisi odatda konservativ qaraşga ega böladi va respublikaçilar partiyasiga ovoz beradi. Şaharlarda esa buning aksi: liberallar bu yerda köproq hamda demokratlarda imkoniyat yuqori. Respublikaçilar şaharlarni kiçik qismlarga bölib, ularni katta qişloq hududlari bilan bir okrugga birlaştiriş orqali öz ğalabasini ta’minlaşga intiladi. Demokratlar esa buning teskarini qiladi.
Har qanday holatda ham 2026-yil 3-noyabrdagi parlament saylovlarida demokratlarning imkoniyati yuqori. Ularning Vakillar palatasida ğalaba qozonişini aksariyat ekspertlar va sörovnomalar tasdiqladi.
Senatda köpçilikni taşkil qiliş uçun ularga 4 senatorlik örni kerak (hozirda 45 nafar demokrat senator bor, yana 2 nafar betaraf senator ham demokratlarni qöllaydi), şu bilan birga mavjud örinlarni yöqotmaslik ham lozim. Demokratlar Ogayo, Miçigan, Texas va Men ştatlarida ğalaba qiliş orqali 4 mandatni qölga kiritişni közlamoqda. Aynan uşbu ştatlarda demokrat nomzodlar sörovnomalarda ustunlik qilyapti.
Ikkala palatada ham köpçilikni taşkil qiliş partiyaga qonunçilik, tayinlovlar, tergov qiliş kabi sohalarda katta vakolatlar taqdim etadi.
Özbekistonga ta’sir
Aytib ötiş kerakki, Özbekistonning munosabatlari aynan bir partiya bilan boğlanmagan. Demokrat Prezident Bayden davrida ham Özbekiston-AQŞ munosabatlari rivojlangan, AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Özbekistonga taşrif buyurgandi.
Tramp ma’muriyati ham Markaziy Osiyo, ayniqsa, Özbekistonga köproq e’tibor qaratdi. Ikki örtada yirik şartnomalar imzolandi. Şavkat Mirziyoyev va Donald Tramp uçraşuvlari taşkil etildi, Trampning Özbekistonga taşrifi haqida gapirildi. Davlat kotibi Marko Rubio amerikalik biznesmenlarning yirik delegatsiyasi bilan Özbekistonga keldi.

Biroq bu jarayonlarda Özbekiston tomonining taşabbuskorligi ham muhim rol öynadi. Ikki mamlakat örtasidagi kelişuvlar aniq partiya emas, har ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiladigan tarzda tuzildi.
Şunday bölsa-da, respublikaçilardan farqli ölaroq, demokratlar Yevropa va Yaqin Şarq mintaqasiga köproq e’tibor qaratadi. Respublikaçilaring hozirgi hukumati esa yangi aloqalarni mustahkamlaşga urğu bermoqda.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, oraliq saylovlarda muxolif partiya ğalaba qozonişi AQŞ uçun yangilik emas. Qolaversa, Tramp oldingi muddatida bunday holatni boşdan keçirgan va demokratik Kongress bilan işlagan. Şuning uçun oraliq saylovlardan keyin AQŞning taşqi siyosatida keskin özgarişlar, eng kamida Markaziy Osiyo bilan kuzatilmaydi.
Muhammadqodir Sobirov









