Xuddi Yevropadagidek! Toşkentda yangi poyezd bekati oçildi: endi vokzalga borib ötiriş şart emas

Janubiy yoki Markaziy vokzalgaça qatnaş majburiyati tugadi.
Endilikda Sirdaryo, Guliston, Xovos va Bekobod yönalişlarida harakatlanuvçi şaharlararo elektr poyezdlariga töğridan-töğri “Çoştepa” bekatining özidan ötirib ketiş imkoniyati yaratildi. Xuddi şunday, viloyatlardan poytaxtga kirib kelayotgan yölovçilar ham şu yerda tuşib, darhol metro yoki avtobuslarga ötişlari mumkin.
Rasmiy jadvalga köra, elektr poyezdlar har ikki yönaliş böylab uşbu bekatda töxtab ötadi. Qatnov jadvali va jönaş vaqtlarini taşuvçi taşkilotning internet sahifasi orqali aniqlaştirib oliş imkoni mavjud.
Uşbu loyiha şahar atrofi temiryöl qatnovlarini jamoat transporti tizimi bilan boğlaşga qaratilgan qaror ijrosi doirasida amalga oşirildi. Belgilangan rejalarga köra, 2026-yil yakuniga qadar poytaxt metrosining yana kamida 3 ta bekati atrofida şunday qulay transport almaşiş boğlamalari barpo etilişi közda tutilgan.
2030-yilga borib mahalliy temiryöl yönalişlarida yillik yölovçi taşiş hajmini ikki baravardan ziyodga oşiriş hamda elektr poyezdlar qatnovi yönalişlari sonini 53 taga yetkaziş möljallanmoqda.









