Gazsiz hududlar uçun elektr energiyasining arzon limiti 350 kVt·soatga oşirildi

Hukumatning 31-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, 1-noyabrdan e’tiboran gaz tarmoğidan uzilgan yoki ta’minotda muammosi bor hududlarda elektr uçun kompensatsiya hisoblaşda aynan şu 350 kVt·soatlik yangi limit qöllaniladi.
Aksinça, tabiiy gaz yetib borgan hududlardagi xonadonlar uçun esa ijtimoiy norma ilgarigidek oyiga 200 kVt·soat darajasida saqlanib qoladi.
Imtiyoz beriladigan xonadonlar röyxati tasodifiy şakllanmaydi. Gaz yetib bormaydigan hamda ta’minoti oğir bölgan hududlar röyxati har yili mahalliy hokimliklar, Energetika vazirligi hamda soha korxonalari takliflari asosida qayta tasdiqlanib boriladi.
Belgilangan tartibga köra, isitiş mavsumi Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatida oktyabrdan fevralgaça, boşqa barça hududlarda esa noyabrdan fevralgaça davom etadi. Uşbu oylarda yangilangan me’yor qişki mavsumda elektr sarfini hisoblaş va aholiga ijtimoiy kompensatsiyalarni ajratişda asosiy mezon bölib xizmat qiladi.







