Apple va Google Özbekistonga qança soliq tölaydi?

Soliq qömitasi körsatkiçlariga köra, tölovlarning asosiy qismi sohadagi uçta yirik gigant hissasiga töğri kelmoqda.
Apple 54,2 milliard söm körsatkiç bilan röyxatda yetakçilik qilayotgan bölsa, Google 52,6 milliard söm hamda Meta 46,7 milliard söm soliq ötkazgan. Ular tomonidan tölangan umumiy mablağ 153,5 milliard sömga yetgan.
Onlayn öyinlar va sun’iy intellekt servislarining ham tölovlardagi uluşi sezilarli darajada oşdi. Jumladan, Valve korporatsiyasi 22,8 milliard söm tölagan bölsa, Anthropic 14 milliard söm soliq ötkazib, OpenAI (10 milliard söm) kompaniyasidan özib ketdi. Şuningdek, kuçli öntalikka Midasbuy, Booking.com, TikTok hamda Anysphere loyihalari ham kirgan.
Tuşumlarning keskin köpayişi mamlakat hududida körsatilgan elektron xizmatlar hajmi deyarli ikki baravarga köpaygani va 1,94 trillion sömga yetgani bilan izohlanadi. Buning ortidan Özbekistonda soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötgan xalqaro raqamli platformalar soni ham tez sur’atlarda oşib, oktyabr holatiga köra 109 taga yetdi.








