Özbekistonliklar ilk bor mavsumiy işlaş uçun Italiyaga jönatildi

Özbekistondan 40 nafar qişloq xöjaligi mutaxassisi Italiyada ilk bor mavsumiy mehnat faoliyatini boşladi. Bu haqda “Dunyo” naşri xabar berdi.
Özbekistonlik mutaxassislar ikki oy davomida italyan tilini örganib, tegişli treninglardan ötdi. Ular Italiyaning “SALVI” kompaniyasida meva-sabzavotlarni qayta işlaş sohasiga jalb qilindi.
Uşbu loyihaning boşlanişi munosabati bilan 29-oktabr kuni Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov hamda Özbekistonning Italiyadagi elçisi Abat Fayzullayev Italiyaning Emiliya-Romanya hududiga taşrif buyurib, tantanali marosimda iştirok etdi.
Taşrif çoğida özbekistonliklarning yaşaş va iş joylari közdan keçirilib, ularning fikr-mulohazalari örganilgan. Işçilar iş haqi yuqori ekani, yotoqxona va transport vositalari iş beruvçi tomonidan taqdim etilayotganini ta’kidlagan.

Uşbu mehnat migratsiyasi dasturi özbekistonliklarning bandligini ta’minlaş, Italiyaning qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş sohasidagi ilğor tajribasini örganiş hamda uni Özbekistonda joriy etişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Kompaniya rahbariyati bilan ötkazilgan uçraşuvda xorijiy tomon özbekistonliklarning mehnatsevarligi va tez örganuvçanligini qayd etib, kelgusida qişloq xöjaligi sohasida yana 1 ming nafar işçini qöşimça yollaş rejalaştirilayotganini ma’lum qilgan.







