AQShda samolyot raketadek yerga qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Texasdan Bagama orollariga uchayotgan samolyot qulashidan oldin katta balandlikdan keskin o‘ngga burilib pastlagan. Samolyotning yerga urilishi oqibatida yo‘l qatnov qismida katta o‘ra paydo bo‘lib yong‘in chiqqan. FAA halokat yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.
Voqea 1-noyabr kuni taxminan 12:50 da yuz bergan. Samolyot “Greenacres” yaqinidagi “Military Trail” yo‘li atrofiga raketadek urilgan. FAA bayonotiga ko‘ra, samolyot Texas shtatidagi Austin–Bergstrom xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilgan va Bagama orollaridagi “North Eleuthera” aeroportiga yo‘l olgan. Bortda jami to‘qqiz kishi bo‘lgan.
Palm Beach okrugi sherifi idorasi Military Trail yo‘lining “Cresthaven Boulevard” bilan “10-Avenue North” oralig‘idagi qismi har ikki yo‘nalishda yopilganini bildirgan. Cheklovlar hududda favqulodda xizmatlar ishlayotgani va hodisa o‘rganilayotgani munosabati bilan belgilangan.
Hozirda hodisa sabablarini tekshirish AQSh Transport xavfsizligi milliy kengashiga (NTSB) yuklatilgan.







