Özbekistonda tuğilişlar kamaymoqda

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 nafar çaqaloq tuğildi. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingga kam.
Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida 638 628 nafar çaqaloq tirik tuğildi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.
Qayd etilgan tuğilişlar soni 2025-yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingga kamaygan.Hududlar kesimida eng köp tuğiliş Samarqand viloyatida — 77 537 ta qayd etilgan. Keyingi örinlarda Qaşqadaryo — 72 508 ta, Farğona — 71 437 ta va Surxondaryo viloyatlari — 59 890 ta bormoqda.
Andijon viloyatida 57 937, Namanganda 55 143, Toşkent viloyatida 52 917, Toşkent şahrida 41 127, Buxoroda 31 218, Xorazmda 30 848, Jizzaxda 27 883, Qoraqalpoğiston Respublikasida 27 273, Navoiyda 17 533 va Sirdaryo viloyatida 15 377 ta tuğiliş qayd etilgan.









