Toşkentda tirbandlik soatlarida avtobus va metro qatnovi keskin tezlaştiriladi

Şahar Kengaşining sönggi qarori bilan Toşkent jamoat transportida yillardan beri yiğilib qolgan asosiy muammolarga yeçim izlanmoqda.
Oktyabr oyida ötkazilgan ijtimoiy sörovda qatnaşgan uç mingga yaqin poytaxtliklarning katta qismi ertalabki va keçki soatlarda avtobus hamda metroda odam tiqilinçligidan şikoyat qilgan. Har uçinçidan bir yölovçi esa bekatda 20 daqiqadan köp vaqt yöqotişga majbur bölayotganini bildirgan.
Mavjud vaziyatni önglaş uçun noyabr oyining örtalaridan boşlab asosiy yönalişlarda tiqilinç paytlari avtobuslar soni köpaytiriladi. Natijada oraliq interval 3–5 daqiqagaça qisqaradi. Dekabr oyining ikkinçi yarmidan e’tiboran esa eng gavjum hisoblangan 25 ta yönalişga katta siğimli, xalq tilida “garmoşka” deyiladigan böğimli avtobuslar ajratiladi. Şuningdek, tungi vaqtlarda harakatlanadigan yölovçilar uçun ham qulaylik yaratilib, 20 ta yönalişda keçki soat 23:00 gaça avtobuslar qatnovi yölga qöyiladi.
Metroda ham jiddiy özgarişlar kutilmoqda. Şu oy oxirigaça barça yönalişlarda poyezdlarga beşinçi vagonlar qöşiladi, bu esa tiğiz vaqtlarda intervalni 2–3 daqiqagaça tuşiriş imkonini beradi. Harakat xavfsizligi va tezligini ta’minlaş maqsadida alohida ajratilgan yölaklarga kirib oladigan haydovçilarga nisbatan nazorat kuçaytiriladi, dekabrga borib esa avtobuslarning öziga qoidabuzarlarni avtomatik qayd etuvçi kameralar örnatiladi. Mas’ul taşkilotlar uşbu topşiriqlar ijrosi böyiça yil yakuniga qadar hisobot berişi belgilangan.







