Endi suvdan qarzi borlar ham elektrga tölov qilolmaydi

Özbekistonda 2027-yil 1-yanvardan boşlab içimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari böyiça qarzdorlikni undiriş tartibi özgaradi. Bu haqda “Özsuvta’minot” kompaniyasi vakili ma’lum qildi.
Yangi tartib haqida kompaniya boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Islom Abdullayev 30-oktabr kuni Toşkentda bölib ötgan matbuot anjumanida xabar berdi.
“Agar tölovlar amalga oşirilmasa, qarzdorlik vujudga kelsa, ogohlantirilib, tölov qilişga beş kun muddat beriladi. Şunda ham qarzdorlik bartaraf etilmasa, amaldagi tartibda xizmat körsatiş çeklanadi va qarzdorlikni undiriş böyiça amaliy çoralar köriladi”, – dedi u.
Şu bilan birga, kompaniya qarzdorlikning yuzaga kelişi elektr uçun tölovni darhol çeklaşga olib kelmasligini alohida qayd etdi.
“Özsuvta’minot” bergan izohga köra, qarzdorlikni undiriş bir neça bosqiçda amalga oşiriladi.
Dastlab iste’molçiga qarzi borligi töğrisida yozma ogohlantiriş yuboriladi. Ogohlantiriş xati berilganidan keyin beş iş kuni içida qarz tölanmasa, uni majburiy undiriş jarayoni boşlanadi.
Keyingi bosqiçlar qarzdorlik summasiga boğliq böladi:
Bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 1000 baravarigaça (440 mln sömgaça): nizosiz qarzdorlikni notarius orqali ijro xatini rasmiylaştiriş yöli bilan undiriş;
BHMning 1000 baravaridan ortiq bölganda: sud tartibida undiriş.
Notarial yoki sud jarayoni yakunlangaç, ijro hujjati rasmiylaştiriladi va Majburiy ijro byurosiga yuboriladi.
Agar iste’molçi ixtiyoriy ijro etiş uçun belgilangan muddat içida ijro hujjati talablarini bajarmasa, uning elektr energiyasi böyiça tölovlarni amalga oşirişi avtomatik tarzda çeklab qöyiladi.
Elektr energiyasi uçun tölov imkoniyatini qayta tiklaş maqsadida içimlik suvi va kanalizatsiya böyiça qarzdorlikni töliq bartaraf etiş zarur böladi.
Şunday qilib, mexanizm suvdan qarz uçun töğridan töğri çiroqni öçirişni emas, balki elektr energiyasi hisobini töldiriş imkoniyatini çeklaşni nazarda tutadi. Şu bilan birga, oldindan tölov asosida işlovçi hisoblagiçlari bor iste’molçilar balansni töldira olmasligi sababli, mavjud mablağ tugaganidan keyin tarmoqdan avtomatik uzilib qolişi mumkin.







