Toşkentda erkak muşukni böğib, uning oyoğini şikastladi

Toşkentda yana hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabat qayd etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda erkak turar joy binosining kiriş yölagida muşukni uşlab, unga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölgan. Keyinroq jonivor veterinariya klinikasida olib borilgan va uning oyoq suyagida darz ketiş aniqlangan.
Voqea 28-oktabr kuni poytaxtning Şayxontohur tumanida sodir bölgan. Kadrlarda muşuk uy zinapoyasida yurgani, erkak uyidan çiqib, muşukni ta’qib qilib, uşlab, yerga bosib, hayvonning oyoğini sindirişga uringanini köriş mumkin.
Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va foydalanuvçilarning keng muhokamasiga sabab böldi.
Ularning ta’kidlaşiça, uşbu videoda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 111-moddasida (“Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş”) nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlarini köriş mumkin. Uşbu modda bilan ayblangan fuqaroga bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravaridan 25 baravarigaça miqdorida jarima yoki 15 sutkagaça muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlanişi mumkin.







