Turkiyada qoya qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Kappadokiya hududidagi Go‘reme ochiq osmon ostidagi muzeyida baxtsiz hodisa yuz berdi. Muzeyga kirish joyidagi qoya qulab tushib, ikki kishini bosib qoldi.
Kuchli yomg‘irlar sabab “sehrli mo‘ri” sifatida tanilgan qoyadan bo‘laklar ko‘chib tushib, odamlar bor joyga qulagan.
Vayronalar ostidan uch kishining jasadi topilgan. Bir nafar jarohatlangan shaxs esa shifoxonaga yotqizilgan. Qutqaruvchilar toshlar ostidan insonlarni qidirishda davom etmoqda.
Halok bo‘lganlarning fuqaroligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Yomg‘ir va kuchli shamol tufayli 29 va 30-oktabr kunlari Kappadokiyada havo sharlari parvozi bekor qilindi.
Kappadokiya Turkiyaning markaziy qismidagi tarixiy hudud bo‘lib, o‘zining g‘ayrioddiy qoya tuzilmalari va qadimiy yerosti shaharlari bilan mashhur. Hudud YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hamda mamlakatning eng ommabop sayyohlik manzillaridan biridir.








