Özbekistonda elektron çipta olgan yölovçilarga çegirma berilişi mumkin

Özbekistonda şahar atrofi poyezdlari, şahar atrofi va şaharlararo avtobuslarga elektron çipta xarid qilgan yölovçilarga kamida 20 foiz çegirma beriş rejalaştirilmoqda. Bu Transport vazirligi tomonidan jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan Prezident qarori loyihasida aytilgan.
Hujjat bilan temiryöl, havo va avtomobil transportida mahalliy yölovçi taşişni özaro muvofiqlaştirgan holda 2030-yilgaça kompleks rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlaş taklif etilmoqda.
Loyihaga köra, 2027-yil 1-yanvardan 2029-yil 31-dekabrga qadar şahar atrofi yölovçi poyezdlari, şahar atrofi va şaharlararo avtobus yönalişlarida elektron çipta xarid qilganlarga kamida 20 foiz çegirma beriş amaliyotini joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Bu orqali elektron tölov va çipta tizimlaridan foydalanişni rağbatlantiriş, yölovçi taşiş körsatkiçlarining şaffof hisobini yuritiş hamda yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş maqsad qilingan.
Şuningdek, 2030-yil 1-yanvardan boşlab şahar atrofi poyezdlari, şahar atrofi va şaharlararo avtobuslarda yöl haqini naqd pulda tölaş amaliyotidan töliq voz keçiş taklif etilmoqda. Bunda tölovlar faqat naqd pulsiz şaklda amalga oşiriladi.
Qaror loyihasida uzoq masofaga qatnovçi poyezdlarga elektron çipta xarid qilgan yölovçilar uçun ham qöşimça imtiyoz nazarda tutilgan.
Unga köra, yölovçilar çiptada körsatilgan jönaş vaqtidan oldingi 12 soat davomida, şuningdek, manzilga yetib kelganidan keyingi 12 soat içida tegişli hududdagi şahar atrofi poyezdlaridan bepul foydalanişi mumkin böladi.
Bundan taşqari, yölovçi poyezdlariga elektron çipta sotiş tizimini “Elektron hukumat”ning tegişli axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari hamda Yagona identifikatsiya tizimi bilan integratsiya qiliş rejalaştirilgan.
Loyihada uşbu işlarni bir oy muddatda amalga oşiriş, şuningdek, tizimlar örtasida ma’lumotlarni qöşimça haq undirmasdan elektron şaklda almaşiş mexanizmini joriy etiş nazarda tutilgan.







