Qozoğistonni “rus davlati” deb atagan olmatilik erkak 20 sutkaga qamaldi

Olmaotada savdo markazi qöriqçisi va boşqa taşrif buyuruvçilar bilan janjallaşgan 40 yoşli erkak 20 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. U bahs vaqtida Qozoğistonni “rus davlati” deb atagan. Bu haqda şahar politsiya departamentiga tayanib, Toppress xabar berdi.
Qöriqçi supermarket çiqişida energetik içimlik uşlab turgan erkakdan xarid çekini körsatişni söragani körinadi. Şundan söng xaridor dökon xodimi bilan tortişib qolgan. Suhbatga qöşilgan boşqa taşrif buyuruvçilar uni qöriqçiga hurmat bilan munosabatda bölişga çaqirgan. Bahs davomida erkak “Bu rus davlati”, degan. Yiğilganlardan biri unga e’tiroz bildirib, Qozoğiston qozoqlar davlati ekanini eslatgan va qöriqçining talabini bajarişga çaqirgan.
Keyinçalik qöriqçi çekni tekşirib, energetik içimlik uçun pul tölanganini aniqlagan. Video tarqalgaç, politsiya holat yuzasidan tekşiruv ötkazib, erkakning şaxsini aniqlagan. U Olmaotada yaşovçi, Qozoğiston fuqarosi bölgan 40 yoşli erkak ekani ma’lum bölgan.
Sud qarori bilan u ma’muriy javobgarlikka tortilib, 20 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.









