Samarqand va Buxoro örtasida pulli avtomobil yöli quriladi

Samarqand va Buxoro şaharlari örtasida sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yöli qurilişi rejalaştirilmoqda. Loyiha amalga oşsa, ikki şahar orasidagi safar vaqti hozirgi beş soatdan bir yarim soatgaça qisqarişi kutilmoqda. Bu haqda Buxoroda Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilindi.
Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning yozişiça, şu yönalişda tezyurar poyezdlar uçun yangi temir yöl liniyasini quriş ham közda tutilgan. Prezident mutasaddilarga avtomobil va temir yöl loyihalarining boş rejalarini yakunlaş hamda hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaş böyiça topşiriq bergan.
Qiymati 200 million dollarga baholangan uşbu loyiha doirasida Buxoro şahri atrofida 4,5 kilometrli aylanma yöl ham quriladi. Xabar qilinişiça, avtomobil va temir yöl loyihalari böyiça boş rejalarni yakunlaş, şuningdek, hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaş vazifasi mutasaddilarga topşirilgan.







