Toşkentda yana bir gastronomik köça barpo etiladi: 65 metrlik bayroq ustuni ham örnatiladi

Loyiha Turkiston köçasidan Nukus köçasigaça bölgan kesimni öz içiga olib, umumiy 6 500 kvadrat metr maydonni qamrab oladi.
Hududda piyodalar uçun qulay şaroitlar yaratiş, kökalamzorlaştiriş va dam oliş maskanlarini barpo etiş rejalaştirilgan. Şuningdek, uşbu gastronomik zona hududida balandligi 65 metr bölgan davlat bayroği ustuni qad kötaradi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati bergan ma’lumotga köra, uşbu taşabbus yuzasidan jamoatçilik eşituvlari taşkil etilmoqda. Unda mahalliy aholi va jamoatçilik vakillari loyiha böyiça öz taklif hamda e’tirozlarini bildirişlari mumkin böladi.
Yangi infratuzilma poytaxtda turizm salohiyatini oşiriş bilan birga qöşimça iş örinlarini yaratişga ham xizmat qiladi. Ma’lumot uçun, hozirda Toşkentda şunday balandlikdagi yirik bayroq ustunlari Xalqlar döstligi maydonida (65 metr) hamda xalqaro aeroport yaqinida (62 metr) mavjud.







