Boğça mudirasi ölimi ortidan Zarbdor tumani hokimi işdan olindi

Tuman hokimligi matbuot kotibi Öktam Sulaymonov 31-oktyabr kuni hokim vazifasidan olinganini tasdiqladi.
Mazkur qaror “Adirobod” MFY hududidagi boğça mudirasining qasddan öldirilişi bilan boğliq hodisa ortidan qabul qilingan. Voqea yuzasidan tarqalgan xabarlarda sobiq hokimning ismi ham tilga olingan bölsa-da, uning hodisaga bevosita daxldorligi haqida hozirça heç qanday rasmiy xulosa e’lon qilinmagan.
Suiqasd böyiça 29-oktyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyatni sodir etişda gumonlanib marhumaning turmuş örtoği Protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan. Dastlabki taxminlarga köra, hodisa oilaviy kelişmovçilik oqibatida kelib çiqqan.
Ma’lumot uçun, Bekzod Toşpölatov 2025-yilning yanvar oyidan buyon tuman hokimi lavozimida işlab kelayotgan edi. Hozirda Zarbdor tumani hokimi vazifasini vaqtinça bajariş uning quriliş, kommunikatsiyalar va ekologiya masalalari böyiça örinbosari Alişer Erjigitov zimmasiga yuklatildi.








