Özbekistonda taqiqlangan diniy kontentlar röyxati yangilandi: taqiqqa tuşganlar soni 2 mingdan oşdi

Yangi röyxatdan maşhur ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi sahifalar, kanallar, alohida saytlar hamda turli foto, video va audio materiallar örin olgan. Oliy sud tomonidan e’lon qilingan hujjatda taqiqlangan kontentlarning umumiy pozitsiyalar soni 2 057 taga yetgani qayd etilgan.
Eng köp taqiq Telegram messenjeriga töğri kelmoqda — uşbu platformadagi 967 ta kanal va sahifa röyxatga kiritilgan. Şuningdek, Instagram’dagi 454 ta, Facebook’dagi 276 ta hamda YouTube’dagi 214 ta manba noqonuniy deb topilgan. Bundan taşqari, TikTok, Odnoklassniki va Threads tarmoqlaridagi sahifalar ham çeklovga tuşgan.
Raqamli platformalardan taşqari, 13 ta alohida internet sayti hamda kitoblar va qöşiqlardan iborat 20 ta boşqa manba ham taqiqlangan kontentlar sirasiga kiritildi. Qayd etilişiça, uşbu manbalarni mamlakatga olib kiriş, tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş va namoyiş etiş qonunan taqiqlanadi.









