Qirğizistonda poydevori qöyilmagan uylarni sotiş hamda reklama qiliş rasman taqiqlandi

Quriliş, arxitektura va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tomonidan imzolangan yangi tartibga köra, endilikda obyektning “nol sikli” yakunlanmagunça xaridorlar bilan har qanday şartnoma tuziş taqiqlanadi.
Binoning yerosti qismi va poydevor işlari tugallanmasdan turib uluşli iştirok, dastlabki şartnoma yoki fuqarolarning mablağlarini qurilişga jalb etuvçi boşqa bitimlarni rasmiylaştirişga yöl qöyilmaydi.
Uşbu talablarga rioya etilişini Davlat arxitektura-quriliş nazorati organi qat’iy nazoratga oladi va qoidabuzarlik aniqlangan taqdirda tegişli çoralar köriladi. Vazirlik ta’kidlaşiça, yangi çeklovlar uy-joy xaridorlarining huquqlarini himoya qiliş hamda poydevori ham yöq binolarga pul tikib, moliyaviy aldanib qoliş xavfini kamaytirişga qaratilgan.
Şu bilan birga, mutaxassislar poydevor qurilişi yakunlangani binoning öz vaqtida töliq topşirilişini kafolatlamasligini bildirgan. Şu sababli xaridorlarga quriliş kompaniyasining ruxsatnoma hujjatlarini va şartnoma şartlarini mustaqil ravişda sinçiklab tekşiriş tavsiya etiladi. Qabul qilingan yangi buyruq ilgari tuzilgan bitimlarga taalluqli yoki taalluqli emasligi hozirça aniqlaştirilmagan.
- #quriliş
- #katlovan
- #Qirğiziston









