Piyoz narxi oşişi sabablari ma’lum qilindi: Qişloq xöjaligi vazirligi narxni sun’iy oşirayotgan tadbirkorlarni ogohlantirdi

Vazirlik ta’kidlaşiça, mamlakatda piyoz tanqisligi mavjud emas va 2026-yilda yetiştirilgan 1,5 million tonna mahsulot içki ehtiyojdan 35 foizga köproqdir.
Biroq noqulaylik Surxondaryoda mahalliy hosil töliq yiğib olingani bilan boğliq. Hozirda uşbu hududga piyoz Jizzax va Samarqand viloyatlaridan olib kelinmoqda. Uzoq masofaga mahsulot taşişdagi transport xarajatlari, yoqilği narxi hamda vositaçilarning 52,5 foizgaça bölgan savdo ustamalari kutilmagan qimmatlaşuvni keltirib çiqarmoqda.
Şuningdek, aholi örtasida mahsulotni "hozirça arzon" deb öylab, zaxira uçun ortiqça sotib oliş kayfiyatining paydo bölişi ham bozorlardagi talab va narxga ta’sir körsatgan.
Vazirlik qiş-bahor mavsumi uçun mamlakat böyiça 102,8 ming tonnalik zaxira şakllantirilayotganini va zarur hollarda uşbu mahsulotlar arzonlaştirilgan narxlarda içki bozorga çiqarilişini bildirdi. Şu bilan birga, tadbirkorlar va vositaçilar narxlarni sun’iy oşirmaslik va börttirilgan narxda sotiş ilinjida piyozni omborlarda uşlab turmaslik haqida ogohlantirildi. Sun’iy uşlab turilgan mahsulot sifatini yöqotib, tadbirkorning öziga moliyaviy zarar keltirişi eslatib ötildi.
- #Qişloq xöjaligi vazirligi
- #piyoz
- #narx







