Navoiyda 33 nafar boğça bolasi “Damas”da taşilgani aniqlandi

Xatirçi tumanida xususiy maktabgaça ta’lim taşkilotlaridan biriga tegişli “Damas” avtomobilida 33 nafar bola belgilangan me’yorlarga zid ravişda olib ketilayotgani aniqlanib, holat yuzasidan bayonnoma rasmiylaştirildi.
Avvaliga yöl harakati xavfsizligi xodimi haydovçiga avtomobilda 33 nafar bola bölganini aytgan. Biroq keyingi izohda bolalarni uyidan boğçaga olib ketayotganini bildirgan şaxs tekşiruvda 22 nafar bola aniqlanganini ta’kidlagan.
Viloyatda qayd etilgan yana bir holatda özini boğça mudirasi deb taniştirgan ayol va haydovçi “Damas”da özlaridan taşqari 14 nafar bolani olib ketayotgani aniqlangan. Aytilişiça, ularga avval ham xuddi şunday qoidabuzarlik uçun bayonnoma rasmiylaştirilib, tilxat olingan.
Şuningdek, boşqa bir avtomobilning old örindiğida taxminan tört-beş yoşli ikki nafar bola olib ketilayotgani qayd etilgan.
Ma’lum qilindiki, bolalarni taşiş qoidalariga rioya etiş yuzasidan haydovçilar va mas’ullar avval ham ogohlantirilgan. Biroq qayd etilgan holatlar böyiça qöllangan jarimalar miqdori hamda boşqa çoralar haqida ma’lumot berilmagan.
- #Navoiy
- #Xatirçi
- #Damas







