Navoiy viloyatining sobiq hokimi Bahriddin Röziyev vafot etdi

11-noyabr kuni 76 yoşida hayotdan köz yumgan Bahriddin Röziyev uzoq yillar davomida davlat boşqaruvi tizimida mas’uliyatli vazifalarda faoliyat yuritgan.
U mehnat yöli davomida Konimex tumaniga rahbarlik qilgan, 2002-yildan 2008-yilning dekabr oyigaça esa Navoiy viloyati hokimi lavozimida işlagan.
Ta’ziyanomada marhum murakkab ötiş davrida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat salohiyatini kengaytiriş, hududga investitsiyalar jalb etiş hamda fermerlik harakatini rivojlantirişda jonbozlik körsatgani ta’kidlandi. Şuningdek, uning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasini taşkil etiş va Navoiy xalqaro aeroporti negizida xalqaro logistika markazini barpo etiş jarayonlaridagi fidokorona mehnati alohida qayd etildi.
Davlat rahbari taniqli davlat arbobi, samimiy va kamtarin inson hamda yoşlarning mehribon ustozi Bahriddin Röziyevning yorqin xotirasi qalblarda hamişa saqlanib qolişini bildirdi.
- #Bahriddin Röziyev
- #ta’ziya
- #vafot







