“Ha otam, bormi oğriq”. Bel oğriğidan aziyat çekayotgan Jaloliddin Maşaripov Xorazmda litsenziyasiz tabib Iqbol Soliyevga murojaat qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda futbolçi Xorazmda Iqbol Soliyev bilan uçraşgani aks etgan. Maşaripovning sözlariga köra, belidagi muammolar jarrohlik amaliyotidan söng ham töliq bartaraf etilmagan va aynan şu jarohat tufayli u Jahon çempionati bahslarida ham maydonga tuşa olmagan.
Muolaja davomida Soliyev futbolçining bel qismini silab ta’sir ötkazgan, şundan söng Maşaripov oğriqlar bir oz yengillaşganini aytib, haqiqiy natija yaqinlaşib kelayotgan öyinda bilinişini ta’kidlagan. Biroq futbolçining uşbu fikrlari uning töliq soğaygani yoki muolajaning ilmiy-tibbiy samarasi borligini anglatmaydi.
Ma’lumot örnida, özini bionur tabib sifatida tanitgan Iqbol Soliyevning faoliyati avvalroq huquq-tartibot va soğliqni saqlaş organlari e’tiboriga tuşgan. Xususan, 2025-yil dekabr oyida xalq tabobati qonunçiligini buzgani uçun sud qarori bilan 10 sutkaga qamalgan, 2026-yil fevral oyida esa Soğliqni saqlaş vazirligi unda tibbiy xizmat körsatiş uçun heç qanday litsenziya yöqligini rasman tasdiqlagan. Qolaversa, u mart oyida Ozarbayjon poytaxti Boku şahridagi xususiy klinikalardan birida “bioenergiya” seansi ötkazişga uringan vaqtida politsiya tomonidan qölga olingan edi.
Eslatib ötamiz, Jaloliddin Maşaripov joriy yilning yanvar oyida Eronning “Istiqlol” klubi safida ekan belidan operatsiya qilingan. Iyun oyiga kelib esa unda umurtqalararo disk çurrasi qayta zöraygani sababli terma jamoaning AQŞdagi yiğinlarini hamda Kanada va Niderlandiyaga qarşi uçraşuvlarni ötkazib yuborişga majbur bölgan edi.
- #Jaloliddin Maşaripov
- #Iqbol tabib
- #oğriq









