Gruziya fohişalikka dalolatchilikda gumonlanayotgan Özbekiston fuqarosini Qozoğistonga topşirdi

Gruziyada qölga olingan Özbekiston fuqarosi Qozoğistonga ekstraditsiya qilindi. U transmilliy uyuşgan jinoiy guruh faoliyatida qatnaşiş va fohişalikka dalolatçilikda gumonlanmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz Qozoğiston Boş prokuraturasiga tayanib xabar berdi.
Tergov versiyasiga köra, ayol uyuşgan guruhning boşqa a’zolari bilan birga “Kyzdar” saytida jinsiy xizmatlar taklif etilgan anketalar hisobini töldiriş böyiça buyurtmalar qabul qilgan. Bu xizmatlarni tarğib qiliş va reklama qiliş uçun amalga oşirilgan.
Olingan mablağlarning bir qismi guruh a’zolarida qolgan, qolgan qismi esa sayt taşkilotçilariga ötkazilgan. Tergov idoralari bu sxema orqali fohişalikka dalolatçilik faoliyati yölga qöyilganini bildirmoqda.
Boş prokuratura ma’lumotiga köra, jinoiy guruhning ayrim a’zolari allaqaçon turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan. Boşqalari, jumladan, ekstraditsiya qilingan ayol ham jinoiy ta’qibdan yaşiringani uçun xalqaro qidiruvga berilgan. Gumonlanuvçi 2026-yil iyulida Gruziyada qölga olingan va Qozoğiston Boş prokuraturasi söroviga binoan mamlakatga topşirilgan. Hozir u tergov hibsxonasida saqlanmoqda.
Ayol gumon qilinayotgan jinoyatlar uçun mol-mulkni musodara qilgan holda 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, iyun oyida Olmaotada “Kyzdar” sayti taşkilotçilari deb taxmin qilinayotgan şaxslar qölga olingan edi. Tintuvlarda katta miqdordagi pul, raqamli aktivlar va kompyuter texnikasi musodara qilingan. Prokuraturaning dastlabki ma’lumotlariga köra, sayt faoliyatidan olingan noqonuniy daromad 2 mlrd tengedan oşgan.
- #Gruziya
- #fohişalikka dalolatçilik
- #Qozoğiston







