Farğonada hokim yordamçisi pora uçun iPhone 17 oldi

Farğona viloyati Beşariq tumanidagi “Qörğonça” mahallasi hokim yordamçisi fuqarodan iPhone 17 Pro Max rusumli telefonni olayotgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Tezkor tadbirda aniqlanişiça, hokim yordamçisi fuqaroga tijorat bankida işlovçi tanişlari orqali 150 mln söm kredit ajratib berişni va’da qilgan. Telefonni olayotgan vaqtida u aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijonda hokim örinbosari va kadastr xodimi 30 ming dollar bilan uşlangan edi. Paxtaobod tumani hokimi örinbosari hamda Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali mansabdori tuman zaxirasidagi 50 sotix yer maydonini auksionda arzonga olib beriş evaziga fuqarodan 100 ming AQŞ dollari talab qilgan. Tezkor tadbirda ikki mansabdor 30 ming dollarni vositaçi orqali olgan vaqtida uşlandi. JKning firibgarlik hamda pora beriş moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
- #Farğona
- #Beşariq
- #hokim yordamçisi
- #pora








