Ertaga Özbekistonga sel-suv toşqinlari kelişi mumkin

Xususan, tabiiy ofat xavfi Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi va Ğuzor tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon va Muzrobod tumanlarida kutilmoqda.
Şuningdek, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy va Iştixon tumanlari, Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş va Yangiobod tumanlari ham sel xavfi ostida qolmoqda.
Bundan taşqari, Toşkent viloyatining Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq şaharlarida sel-suv toşqinlari kuzatilişi ehtimoli yuqori. Farğona vodiysida esa Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlari, Farğona viloyatining Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlari hamda Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod şahrida xavfli vaziyat yuzaga kelişi mumkin.
Mutaxassislar toğoldi va toğli hududlarda yaşovçi aholi, dam oluvçilar hamda uşbu yönalişlarda harakatlanuvçi barça haydovçilardan maksimal darajada ehtiyotkorlik çoralarini körişni söramoqda. Şu bilan birga, respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi oqibatida joylarni suv bosiş ehtimoli mavjudligi qayd etildi.
- #sel-suv
- #toşqinlar
- #kuçli yomğir








