Qashqadaryoda tuman hokimiga tadbirkor bolta bilan hujumi qildi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hokimi Xurram Jo‘rayevga tadbirkor bolta bilan hujum qilgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hokim Xurram Jo‘rayev tumanda savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor o‘rtasida kelib chiqqan nizo kelib chiqqan — hokimlik tashabbusi bilan tadbirkor savdo qiladigan do‘kon buzilishi kerak bo‘lgan.
Voqea kecha, 14 oktyabr kuni paxta qabul qilish maskanida sodir bo‘lgan. Tadbirkor hokimning maskanga kelishini kutib turgan. Xurram Jo‘rayev kelgach, uning ortidan bolta bilan zarba bergan.Ma’lum bo‘lishicha, hokim va tadbirkor o‘rtasidagi ziddiyat tadbirkorning do‘konini buzish masalasida kelib chiqqan.
Hokimlik do‘konni buzdirish masalasida sudga da’vo kiritgan. Ammo sud tadbirkor foydasiga qaror chiqargan. Keyin nizoli ish boshqa tuman sudiga o‘tkazilgan va hokimlik da’vosi qanoatlantirilgan.
Shundan so‘ng hokimlik tadbirkorga bir hafta muhlat berib, do‘konni buzib tashlashni talab qilgan.
Hozirda Xurram Jo‘rayev shifoxonada qolmoqda. Uning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.
Bosh prokuratura va IIV holat yuzasidan hozircha rasmiy ma'lumot tadqim etmadi.









