O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo hajmi 8,3 milliard dollarga yetdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqada O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori Qozog‘iston bo‘lib, o‘zaro savdo ulushi 5 milliard dollarga teng bo‘ldi.
Tahlillarga ko‘ra, uchinchi davlatlardan keltirilayotgan tovarlarni mintaqa mamlakatlarining o‘zaro eksporti bilan almashtirish orqali ichki savdo hajmini yana 11,4 milliard dollarga oshirish imkoniyati bor. Buning uchun savdodagi tarif istisnolari hamda notarif to‘siqlarni olib tashlash zarurligi ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, so‘nggi yillarda mintaqa davlatlaridan O‘zbekistonga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2,5 milliard dollardan oshdi. Ozarbayjon bilan tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi esa 9,5 baravar ko‘payib, 307,3 million dollarga yetgan.







