O’zbekistonlik truck haydovchisi AQSHda daxshatli avariyaga sababchi bo’ldi

41 yoshli Behzod Asrarov AQSHning Ogayo shtatidagi katta trassada harakatlanish mobaynida Honda rusumli avtomilini orqadan urib ketgan va Honda haydovchisi voqea joyida halok bo’lgan. Oqibatda qarama-qarshi yo’nalishga o’tib ketib bir nechta avtomobillar bilan yana to’qnashuv sodir bo’lgan.
So’ng politsiyachi voqea joyiga yetib kelib Asrorov ingliz tilini bilmaganligi sababli google translate orqali Asrorovdan kamera qayerda ekanligini so’ragan lekin fuqaro kamerani yashirishga uringan.
Voqea bo’yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda Asrorov Madison okrugi qamoqxonasidaligi haqida xabar berildi.






