O‘zbekistonda shifokorlar soni 112 mingdan oshib, tibbiyot sohasida erkak mutaxassislar ulushi ustunlik qilmoqda

Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 4 923 nafarga yoki 4,6 foizga ko‘payganini ko‘rsatadi.
Mavjud tibbiyot xodimlarining gender tarkibi bo‘yicha 60 282 nafari (53,6 foiz) erkaklar, 52 138 nafari (46,4 foiz) esa ayol mutaxassislardir. Aholi soniga nisbatan olganda, mamlakatda har 10 ming nafar fuqaroga o‘rtacha 29,4 nafar shifokor to‘g‘ri kelmoqda.
Sohadagi moliyaviy va xizmat ko‘rsatish hajmlari ham o‘sishda davom etmoqda. Avvalroq, joriy yilning dastlabki yetti oyida (yanvar-iyul) sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ko‘rsatilgan umumiy xizmatlar hajmi qariyb 13,9 trillion so‘mga yetgani xabar qilingan edi.








