Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

O‘zbekistonda endi ishdan bo‘shatilganlarga uchinchi oy uchun o‘rtacha ish haqi to‘lanadi. Yo'riqnoma

5-okt, 15:09
O‘zbekistonda ayrim asoslarda ishdan bo‘shatilgan va ikki oy ichida ishga joylasha olmagan xodimlarga uchinchi oy uchun o‘rtacha oylik ish haqini to‘lash tar…

O‘zbekistonda ayrim asoslarda ishdan bo‘shatilgan va ikki oy ichida ishga joylasha olmagan xodimlarga uchinchi oy uchun o‘rtacha oylik ish haqini to‘lash tartibi tasdiqlandi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi 519-son qarori bilan rasman belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, to‘lovni sobiq ish beruvchi amalga oshiradi. Buning uchun xodim mahalliy mehnat organiga murojaat qilib, tegishli tavsiyanomani olishi kerak.

Kimlar to‘lov olish huquqiga ega?

Tartib mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan ayrim asoslar bo‘yicha bekor qilingan xodimlarga taalluqli. Ular ishdan bo‘shatilganidan keyin mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va ikki oy davomida ishga joylasha olmagan bo‘lishi lozim.

Shuningdek, ariza beruvchi pensiya olish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Ishdan bo‘shatilgan xodim uchinchi oy davomida ishga joylashsa, shu davr uchun o‘rtacha ish haqi to‘lanmaydi.

Qayerga va qachon murojaat qilish kerak?

Xodim ishdan bo‘shatilgan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida yashash joyidagi tuman yoki shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilishi lozim. Shuningdek, arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish mumkin bo‘ladi.

Ariza uchun elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi. Unda shaxsiy ma’lumotlar, ish tajribasi, kasbi va ishdan bo‘shatilish sababi ko‘rsatiladi. Ishdan bo‘shatish haqidagi buyruq nusxasi ham ilova qilinadi. Mehnat staji haqidagi ma’lumotlar tizimda to‘liq aks etmagan bo‘lsa, mehnat daftarchasi nusxasi so‘ralishi mumkin.

Tavsiyanoma qanday beriladi?

Mahalliy mehnat organi ariza va hujjatlarni tekshiradi. Ma’lumotlarda kamchilik bo‘lsa, uni tuzatish uchun besh ish kunigacha muddat beriladi. Ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingach, mehnat organi bu haqda elektron tavsiyanoma rasmiylashtiradi. Hujjat ariza beruvchiga va sobiq ish beruvchiga yuboriladi.

Uchinchi oy uchun to‘lov miqdori qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblangan o‘rtacha ish haqiga teng bo‘ladi. To‘lovni ish beruvchi tavsiyanoma olinganidan keyin amalga oshiradi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im olinmaydi.

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

Nodirbek Abdusattorov uylanmoqda!
#Jamiyat

Nodirbek Abdusattorov uylanmoqda!

5-okt, 17:37
Qoraqalpog‘istonda yangi gaz va kondensat koni topildi
#Jamiyat

Qoraqalpog‘istonda yangi gaz va kondensat koni topildi

5-okt, 17:03
“Men baribir oqlanaman”. Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldi
#Jamiyat

“Men baribir oqlanaman”. Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldi

5-okt, 16:37
Rossiyada o‘pka vabosi haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi. Bemorda noma’lum pnevmoniya aniqlandi
#Dunyo

Rossiyada o‘pka vabosi haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi. Bemorda noma’lum pnevmoniya aniqlandi

5-okt, 16:26
Jizzaxda 10 yoshli bolani 2 oy davomida zo‘rlab kelganlikda gumonlangan erkak joniga qasd qildi
#Jamiyat

Jizzaxda 10 yoshli bolani 2 oy davomida zo‘rlab kelganlikda gumonlangan erkak joniga qasd qildi

5-okt, 15:57
Germaniyadagi arxivlardan O‘zbekiston tarixiga oid 1000 dan ortiq yangi hujjat keltirildi
#O‘zbekiston

Germaniyadagi arxivlardan O‘zbekiston tarixiga oid 1000 dan ortiq yangi hujjat keltirildi

5-okt, 15:37

Kun tanlovi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Sevinch Mavlonova bilan unashtirildi. Juftlikning to‘yi 2027-yil mart oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida joylashgan Qoratau maydonida sanoat ahamiyatiga ega tabiiy gaz va kondensat zaxiralari aniqlandi. Gaz va kondensat 3 21…
#Jamiyat

Qoraqalpog‘istonda yangi gaz va kondensat koni topildi

5-okt, 17:03
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining 2026-yil 5-oktyabrdagi hukmi bilan “Sirojiddin media” MCHJ rahbari Sirojiddin Adilov uch nafar fuqaroga ni…
#Jamiyat

“Men baribir oqlanaman”. Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldi

5-okt, 16:37

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Nodirbek Abdusattorov uylanmoqda!

5-okt, 17:37
#Jamiyat

Qoraqalpog‘istonda yangi gaz va kondensat koni topildi

5-okt, 17:03
#Jamiyat

“Men baribir oqlanaman”. Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldi

5-okt, 16:37
#Dunyo

Rossiyada o‘pka vabosi haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi. Bemorda noma’lum pnevmoniya aniqlandi

5-okt, 16:26
#Jamiyat

Jizzaxda 10 yoshli bolani 2 oy davomida zo‘rlab kelganlikda gumonlangan erkak joniga qasd qildi

5-okt, 15:57
#O‘zbekiston

Germaniyadagi arxivlardan O‘zbekiston tarixiga oid 1000 dan ortiq yangi hujjat keltirildi

5-okt, 15:37
Yana koʻrsatish