Ozarbayjonda Isroil Prezidentining nutqi chog‘ida delegatsiyalar zalni tark etdi

Ushbu diplomatik demarsh sammitda qatnashayotgan bir necha davlat delegatsiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Vakillar Isroil rahbarining nutqi yakunlangunga qadar zalga qaytmagan.
Mazkur holat Ozarbayjon mezbonlik qilayotgan nufuzli xalqaro anjumanda Yaqin Sharqdagi siyosiy va diplomatik ziddiyatlar aks etgan navbatdagi hodisa bo‘ldi.
Avvalroq Isroil Prezidenti Ozarbayjonga borgani haqida xabar bergan edik.







