Isroil Prezidenti Ozarbayjonga bordi

Tadbirda ishtirok etuvchilar orasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bor.
Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda Isroil rahbarini mehmonni Ozarbayjon Bosh vaziri o‘rinbosari Samir Sharifov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
O‘tgan yili Bokuda o‘tkazilgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP29 sammitida ham Isroil Prezidenti Isxak Gersogning ishtirok etishi rejalashtirilgan, biroq so‘nggi pallada ushbu tashrif bekor qilingan edi. Bunga Turkiya rasmiylarining Isroil Prezidenti samolyoti uchun o‘z havo hududini yopishi sabab bo‘lgan.
Boku mezbonlik qilayotgan xalqaro anjumanda mintaqa va Osiyo qit’asining ko‘plab davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Xususan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov hamda Pokiston, Kambodja, Laos, Xitoy, Hindiston va Falastin kabi qator mamlakatlar vakillari sammitda qatnashishi ko‘zda tutilgan.
15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan asosiy majlisda Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, o‘zaro ishonch choralarini rivojlantirish hamda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Tadbirlar yakunida Boku deklaratsiyasi hamda tashkilot faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 28 ta a’zo davlatni birlashtirgan sammit Ozarbayjon uchun Osiyo mamlakatlari o‘rtasida siyosiy muloqot va ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim xalqaro platforma hisoblanadi. Yo‘nalishlar va ishtirokchilar tarkibi tadbir davomida to‘ldirilib boriladi.







