Nodirbek Abdusattorov uylanmoqda!

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Sevinch Mavlonova bilan unashtirildi. «Uzchess» loyihasi marosimdan surat ulashdi. ChessBase India xabariga ko‘ra, unashtiruv 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan, to‘y esa 2027-yil martiga belgilangan.
Mavlonova «Yangi O‘zbekiston» universitetida axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘qiydi. U 2026-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olgan. Shuningdek, «Yulduz Tech Awards» marosimida ayollar orasidagi eng yaxshi kiberxavfsizlik mutaxassisi deb topilgan.
Abdusattorov O‘zbekistonning taniqli shaxmatchilaridan. U 2026-yil boshida FIDE Freestyle Chess World Championship musobaqasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan. Sentabrda Samarqandda o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bilan birga oltin medalni qo‘lga kiritdi.







