Mo‘ynoqdagi 4,7 ming metr chuqurlikdagi yangi quduqdan kuniga 500 ming kub metrgacha gaz olina boshlandi

“O‘zbekneftgaz” ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur quduqning kunlik mahsuldorligi 400 mingdan 500 ming kub metrgacha tashkil etmoqda.
Konda burg‘ilash va tadqiqot ishlari anchayin murakkab geologik sharoitlarda amalga oshirildi. “O‘zbekgeofizika” mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar davomida tabiiy gaz 4 588 metrdan 4 708 metrgacha bo‘lgan chuqurlikdagi qatlamlardan yuqori bosim ostida otilib chiqqan.
Hozirda obyektda yakuniy gidrodinamik izlanishlar olib borilmoqda hamda quduqni to‘liq ishga tushirish bo‘yicha tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Xususan, hududda zaruriy texnologik uskunalar o‘rnatilib, gaz uzatish tarmoqlari va quvurlarini yotqizish ishlari bajarilmoqda.








