Maktabdan to oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlar uzviy zanjirga biriktiriladi

Yangi tizim maktab, kasbiy va oliy ta’lim o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirib, o‘quvchilarning bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratiladi.
Islohotlar doirasida oliy ta’lim va ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish, innovatsion fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirishga alohida e’tibor beriladi. Shu bilan birga, oliy ta’limdan keyingi bosqichlar, ya’ni qayta tayyorlash, malaka oshirish hamda norasmiy ta’lim yo‘nalishlari ham qamrab olinadi.
Yangi ta’lim modelida mazmunni boyitish va sifatni oshirish uchun “ishlab chiqish - amaliyotga joriy etish - natijani baholash - kamchiliklarni bartaraf etish - takomillashtirish” shaklidagi uzluksiz siklli tamoyil qo‘llaniladi. Bu yondashuv inson kapitalini bolalikdan boshlab ilmiy va kasbiy faoliyatgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda izchil rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.







