Ertaga respublikaning tog‘li hududlariga sel kelishi mumkin

O‘zgidromet 14-oktabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri: havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 22-24° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyati: havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari: havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari: havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari: havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari: havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari: havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 14-19° bo‘ladi.








