Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

“Bo‘sh vaqti umuman bo‘lmaydi”: FVV navbatchi guruhlari yong‘insiz kunlari nima bilan shug‘ullanadi?

14-okt, 16:15
13-oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘t…

13-oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik muhokama qilindi. Podpolkovnik Odiljon Qo‘ldoshev, yong‘in bo‘lmagan kun navbatchi guruh nimalar qilishi haqida aytib o’tdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning 9 oyida respublikada 41 ta favqulodda vaziyat qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi 61 ta holatga nisbatan 33 foizga kam. Shu bilan birga, yong‘inlarning 72,3 foizi aholi yashash joylarida sodir bo‘lmoqda. Is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yirik yong‘inlar ham aynan kuz-qishda ko‘payadi.

Qo‘ldoshevning aytilishicha, respublikadagi 9 mingga yaqin mahallaning har biri vazirlik shaxsiy tarkibiga biriktirilgan. Taqsimot ko‘chama-ko‘cha va ko‘p qavatli uy kesimida qilingan. Har bir xodimga bir yoki ikkita mahalla to‘g‘ri keladi. Kuz-qish oldidan shu hududlarda xonadonbay va mahallabay profilaktik tushuntirish o‘tkaziladi. Hozircha bu ishlar maxsus qayd etish jurnalida ro‘yxatdan o‘tadi. Tizim raqamlashtirish bosqichida. To‘liq raqamli hisobga o‘tishi keyingi vazifa sifatida aytilgan.

Is gazining oldini olish ham shu tartibda ketmoqda. Qo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, avval mingga yaqin bo‘lgan inspektorlar endi 2 mingdan ortiq. Ular mahallalarga tushirilgan. Mahallabay va xonadonbay profilaktika reja asosida o‘tkazilmoqda.

2026-2027 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasida ishchi guruhlar 20 mingdan ortiq ko‘p qavatli uy, ulardagi 900 mingga yaqin xonadan va 1 519 459 ta yakka tartibdagi xonadonlarni tekshirgan. Gaz va elektr jihozlari, pechlar, dudburonlar hamda shamollatish kanallari ko‘zdan kechirilgan. 607 626 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Ulardan 536 606 tasi, ya’ni 88,3 foizi, ta’mirlash-tiklash otryadlari tomonidan bartaraf etilgan. Qolgan qismi hali yopilmagan.

Ijtimoiy soha obyektlarida ham kamchiliklar topilgan: 10 945 ta maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti, 353 ta oliy ta’lim muassasasi va 3 441 ta davolash muassasasi tekshirilgan. Bu obyektlarda 137 071 ta kamchilik aniqlangan, shundan 122 676 tasi, ya’ni 89,5 foizi, bartaraf etilgan.

Is gazi va yong‘inlarning oldini olish yuzasidan 289 turdagi eslatma, yo‘riqnoma va plakat 2 128 541 nusxada tarqatilgan. 456 310 marta uchrashuv va seminar o‘tkazilib, ularda 2 millionga yaqin fuqaro qamrab olingan. Telekanallarda 5 266 ta ko‘rsatuv va lavha, radioda 26 564 ta eshittirish tayyorlangan, gazetalarda 2 129 ta maqola chop etilgan.

Yozgi anjumanda inspektorlarni mahallaga biriktirish va “mahallabay”, “xonadonbay” ishlash tizimi joriy etilgani aytilgan edi. Oktyabr anjumanida shu tartib navbatchi smenaning kundalik ishi sifatida ko‘rsatildi

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

Isroil Prezidenti Ozarbayjonga bordi
#Siyosat

Isroil Prezidenti Ozarbayjonga bordi

14-okt, 17:35
Prezident bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni og‘irlashtiruvchi qonunni imzoladi
#Siyosat

Prezident bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni og‘irlashtiruvchi qonunni imzoladi

14-okt, 17:20
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 200 dan ortiq amerikalik biznes vakillari bilan Samarqandga kelyapti
#Siyosat

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 200 dan ortiq amerikalik biznes vakillari bilan Samarqandga kelyapti

14-okt, 16:47
Samolyotda bort ekipaji talabiga bo‘ysunmagan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi mumkin
#O‘zbekiston

Samolyotda bort ekipaji talabiga bo‘ysunmagan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi mumkin

14-okt, 15:50
Chegirmalar rostdan ham pulimizni tejaydimi?
#Iqtisodiyot

Chegirmalar rostdan ham pulimizni tejaydimi?

14-okt, 15:44
Noyabrdan Toshkentda isitish va issiq suv narxi 30 foizga oshishi kutilmoqda
#Jamiyat

Noyabrdan Toshkentda isitish va issiq suv narxi 30 foizga oshishi kutilmoqda

14-okt, 14:32

Kun tanlovi

13-oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘t…
#O‘zbekiston

“Bo‘sh vaqti umuman bo‘lmaydi”: FVV navbatchi guruhlari yong‘insiz kunlari nima bilan shug‘ullanadi?

13-oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik muhokama qilindi. Podpolkovnik Odiljon Qo‘ldoshev, yong‘in bo‘lmagan kun navbatchi guruh nimalar qilishi haqida aytib o’tdi.

14-okt, 16:15
Transport vazirligi aviatsiya xavfsizligini ta’minlash va havo transportidagi qoidabuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonun loyi…
#O‘zbekiston

Samolyotda bort ekipaji talabiga bo‘ysunmagan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi mumkin

14-okt, 15:50
O‘zbekistonlik bolalar yozuvchisi Sa’dulla Quronovning “Galaktikada bir kun” ilmiy-fantastik trilogiyasi savdosidan bir oyning o‘zida 238 million so‘m daroma…
#O‘zbekiston

O‘zbek yozuvchisi bitta kitobidan bir oy ichida 238 million so‘m daromad olib, rekord o‘rnatdi

14-okt, 10:51

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Siyosat

Isroil Prezidenti Ozarbayjonga bordi

14-okt, 17:35
#Siyosat

Prezident bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni og‘irlashtiruvchi qonunni imzoladi

14-okt, 17:20
#Siyosat

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 200 dan ortiq amerikalik biznes vakillari bilan Samarqandga kelyapti

14-okt, 16:47
#O‘zbekiston

“Bo‘sh vaqti umuman bo‘lmaydi”: FVV navbatchi guruhlari yong‘insiz kunlari nima bilan shug‘ullanadi?

14-okt, 16:15
#O‘zbekiston

Samolyotda bort ekipaji talabiga bo‘ysunmagan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi mumkin

14-okt, 15:50
#Iqtisodiyot

Chegirmalar rostdan ham pulimizni tejaydimi?

14-okt, 15:44
Yana koʻrsatish