Andijonda Labo yukxonasida olti nafar bola olib ketilgani aniqlandi

Andijonning Marhamat tumanida 6 nafar bolani Labo’ning yuk tashish qismiga joylab yo‘lga chiqqan haydovchi aniqlandi. Avtomobiln boshqargan 26 yoshli haydovchi jarimaga tortildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilda haydovchining olti nafar voyaga yetmagan jiyani bo‘lgan. Haydovchi avtomobilni otasiga sovg‘a qilish uchun olib ketayotgan paytda bolalarni yukxonasiga joylashtirganini va qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128⁸-moddasi birinchi qismiga asosan jarima belgiladi. Shuningdek, haydovchiga 0,3 jarima balli yozilgan.







