9 yil davomida yashirinib yurgan shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Istanbul shahridagi Bosh konsulxona bergan ma’lumotga ko‘ra, ushlab olingan shaxslar belgilangan tartibda vakolatli idoralarga topshirildi.
Qo‘lga olinganlarning biri Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi (bosqinchilik) bo‘yicha ayblanib, 2017-yildan buyon huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashirinib kelgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida uning qariyb 9 yillik qidiruviga chek qo‘yildi.
Ikkinchi fuqaro esa Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Har ikki shaxs O‘zbekistonga olib kelingan bo‘lib, hozirda ularga nisbatan tegishli tergov va protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklaridan o‘tkazilgan amaliyot davomida qidiruvdagi olti nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan edi.








