“Zapravka”lardagi savdoning 92 foizdan ortig‘i bank kartalari orqali to‘lanyapti

Soliq organlari ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda AYoQShlardagi kunlik o‘rtacha savdo tushumi 125,9 milliard so‘mni tashkil etgan.
Oy davomida yoqilg‘i shoxobchalarida umumiy hisobda 18,5 millionga yaqin, ya’ni 18 490 638 ta tranzaksiya amalga oshirildi. Bu har kuni o‘rtacha 616 mingdan ortiq xarid operatsiyalari bajarilganidan dalolat beradi.
Xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda elektron to‘lov vositalari va bank kartalari mutlaq ustunlik qilmoqda. Jumladan, kunlik o‘rtacha tushumning 91,9 foizi (115,7 milliard so‘m) bank kartalari ulushiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, moment kartalari orqali 7,2 milliard so‘mlik (5,7 foiz) hamda maxsus yoqilg‘i kartalari orqali 3 milliard so‘mlik (2,4 foiz) to‘lovlar amalga oshirilgan.








