“Yangi Toshkent faqat yangi uy-joy quriladigan hudud emas” – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda hozirgacha ajratilgan yerlarning uchdan ikki qismi uy-joy loyihalariga to‘g‘ri kelayotganini ta'kidladi. U bu haqda Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida so‘z yuritdi.
“Yangi Toshkent faqat yangi uy-joy quriladigan hudud emas”, – dedi prezident.
Yangi Toishkent zamonaviy biznes, ta’lim, tibbiyot, turizm va xizmat ko‘rsatishni o‘ziga jalb etadigan mustaqil iqtisodiy markazga aylanishi kerakligi, lekin hozirgacha ajratilgan yerlarning uchdan ikki qismi uy-joy loyihalariga to‘g‘ri kelmoqda.
“Investorlarga berilgan 28 ta lotda faol qurilish boshlanmagan. Davlatimiz rahbari buni sarmoyadorlarda mablag‘ yoki xohish yo‘qligi bilan izohlash to‘g‘ri emasligini aytdi. Eskicha talablar, cho‘ziladigan ruxsat jarayonlari va ayrim idoralarning hamkor o‘rniga nazoratchi sifatida ish tutishi loyihalarga to‘siq bo‘lmoqda. Investor esa kutmaydi. U ko‘mak va kafolat sezmasa, mablag‘ini boshqa bozorga yo‘naltiradi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ayni paytda Yangi Toshkentda yerga talab ortib bormoqda. Bir gektarning o‘rtacha qiymati 2024-yilda 10 milliard so‘mga yetmagan bo‘lsa, hozir 19 milliard so‘mga chiqqan.









