Toshkent viloyatida tog‘da adashib qolgan besh kishi qutqarildi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi tog‘larda 4-oktyabr kuni 5 kishi adashib qolgan 5 kishi qutqarib qolindi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 19:37 da 112 tizimiga “Chinor” MFY hududidagi tog‘da dam olish vaqtida adashib qolgan besh fuqaro haqida xabar kelib tushgan. “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari qidiruv ishlarini olib borib, ularni 5-oktyabr kuni soat 00:31 da topdi. Fuqarolar xavfsiz hududga olib tushirilib, yashash manzillariga yuborildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan tog‘li hududlarga chiqishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ob-havo sharoitini hisobga olish va yo‘nalishni oldindan belgilashni so‘ragan.







