Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

Bepul dorilar, elektron polis va xorijiy klinikalar - tibbiyotda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

20-noy, 10:16·Muallif: Behruzbek Mustafoyev
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

O‘zbekistonda 2031-yilgacha barcha xonadonlarni davlat tibbiy sug‘urtasi bilan qamrab olish, kafolatlangan paket doirasida bepul beriladigan dorilar turini 69 taga yetkazish hamda sog‘liqni saqlashga davlat xarajatlarini oshirish rejalashtirilmoqda.

Bu vazifalar Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi “Inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi. Hujjat bilan tasdiqlangan 2027–2031-yillarga mo‘ljallangan dasturda tibbiy sug‘urta qamrovini kengaytirish bilan birga, kasalliklarning oldini olish, oilaviy shifokorlar rolini oshirish va xorijiy klinikalarni jalb etish choralari nazarda tutilgan.

Davlat tibbiy sug‘urtasi doirasida fuqarolar uchun elektron polis joriy etiladi. Unda shaxsning sug‘urta tizimidagi huquqiy maqomi, foydalanishi mumkin bo‘lgan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari ro‘yxati aks ettiriladi. Polis Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetda mavjud bo‘ladi. Fuqarolarga tegishli huquq yoki xizmatdan foydalanish imkoniyati haqida SMS va shaxsiy kabinet orqali xabar berish ham ko‘zda tutilgan. Bu ishlar 2027–2030-yillarda amalga oshirilishi belgilangan.

Kafolatlangan paket doirasida reim­bursatsiya dasturi bo‘yicha dorixonalardan bepul beriladigan dorilar turi esa amaldagi 28 tadan 69 taga yetkazilishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, rejali ambulator gemodializ oluvchi bemorlarning davolash muassasasiga borib-kelish xarajatlarini ijtimoiy karta orqali qoplash mexanizmi bo‘yicha takliflar 2026-yil dekabrida kiritilishi kerak.

Tibbiyotga ajratiladigan mablag‘lar ham bosqichma-bosqich oshiriladi. Aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2027-yilda 3,2 foizga, 2028-yilda 3,7 foizga, 2029-yilda 4,1 foizga, 2030-yilda 4,6 foizga va 2031-yilda 5 foizga yetkazish belgilangan. Ajratilgan mablag‘larning samaradorligini baholash uchun maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqiladi.

Dasturdagi yana bir yo‘nalish — kasalliklarning oldini olishga asoslangan tibbiy yordam modeliga o‘tish. Buning uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining yangi modelini barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish va ushbu yordamni ko‘rsatishda oilaviy shifokor ulushini 70 foizga yetkazish rejalashtirilgan. “Aqlli sog‘liq xaritasi” orqali har bir fuqaroning yoshi, jinsi va xavf omillariga qarab individual profilaktik ko‘riklar rejasi shakllantiriladi. Bu choralarni nazarda tutuvchi Prezident qarori loyihasi 2027-yil yanvarida ishlab chiqilishi kerak.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sohasida raqobatni kuchaytirish uchun 2030-yilgacha kamida beshta nufuzli xorijiy klinikani jalb qilish va ularning amalda xizmat ko‘rsatishini ta’minlash maqsad qilingan. Shu doirada xorijiy klinikalar yoki boshqaruv kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazilib, tanlov asosida bitimlar imzolanadi. Xalqaro konsultantlar ishtirokida tibbiyot muassasalarini boshqarishning korporativ modeli ham ishlab chiqiladi.

O‘zgarishlar tibbiy ta’lim va xodimlar malakasini oshirish tizimini ham qamrab oladi. 2027–2030-yillarda oliy tibbiy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi — WFME standartlariga muvofiqlashtirish, klinik bazalar, tadqiqot laboratoriyalari va simulyatsion markazlarni rivojlantirish rejalashtirilgan.

2030-yilgacha oliy va o‘rta ma’lumotli tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlarini uzluksiz kasbiy ta’lim bilan to‘liq qamrab olish nazarda tutilgan. Shuningdek, xodimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali kasbiy faoliyatga ruxsat berish tizimini joriy etish, maxsus imtihonlar asosida ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tishni esa maoshga ustamalar to‘lash orqali rag‘batlantirish belgilangan. Hujjatda ustamalarning aniq miqdori keltirilmagan.

  • #Prezident farmoni
  • #2031
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

#O‘zbekiston

Toshkent metrosida ikki oyda 61 milliondan ortiq yo‘lovchi tashildi

20-noy, 11:13·Behruzbek Mustafoyev
#O‘zbekiston

11-sinf imtihon natijalari bilan oliygoh va texnikumlarga kirish tartibini joriy etilishi mumkin

20-noy, 11:03·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

O‘qituvchilarning 62,3 foizi kasbiy sertifikatlash imtihonidan yiqildi

20-noy, 10:17·Javohir Qadamov
#Dunyo

GTA VI: 13 yillik kutish, rekord daromad va milliard dollarlik shov-shuv

19-noy, 16:56·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etildi

19-noy, 16:19·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

Abu Muslim taxallusi bilan tanilgan bloger Adham Atajanov vafot etdi

19-noy, 14:58·Javohir Qadamov

Kun tanlovi

#O‘zbekiston

Toshkent metrosida ikki oyda 61 milliondan ortiq yo‘lovchi tashildi

Toshkentda yo’lovchilar oqimi ortgani sababli joriy yilning sentabr–oktabr oylarida metrodan 61,7 million nafar yo‘lovchi foydalangan. Metro ma'muriyati imkon qadar gavjum bekatlardan ko'ra “Chilonzor” o‘rniga “Mirzo Ulug‘bek”, “Xalqlar do‘stligi” o‘rniga esa “Milliy bog‘” bekatidan foydalanish mumkinligi bildirilgan.

20-noy, 11:13·Behruzbek Mustafoyev
#O‘zbekiston

11-sinf imtihon natijalari bilan oliygoh va texnikumlarga kirish tartibini joriy etilishi mumkin

20-noy, 11:03·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

O‘qituvchilarning 62,3 foizi kasbiy sertifikatlash imtihonidan yiqildi

20-noy, 10:17·Javohir Qadamov

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

Toshkent metrosida ikki oyda 61 milliondan ortiq yo‘lovchi tashildi

20-noy, 11:13·Behruzbek Mustafoyev
#O‘zbekiston

11-sinf imtihon natijalari bilan oliygoh va texnikumlarga kirish tartibini joriy etilishi mumkin

20-noy, 11:03·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

Abu Muslim taxallusi bilan tanilgan bloger Adham Atajanov vafot etdi

19-noy, 14:58·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldi

18-noy, 14:55·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

O‘qituvchilarning 62,3 foizi kasbiy sertifikatlash imtihonidan yiqildi

20-noy, 10:17·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

Bepul dorilar, elektron polis va xorijiy klinikalar - tibbiyotda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

20-noy, 10:16·Behruzbek Mustafoyev
Yana koʻrsatish