Toshkent markazida 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi

Poytaxt hokimining tegishli qaroriga muvofiq, ushbu obyektlarni joylashtirish uchun zarur topografik ishlarga 140,4 million so‘m yo‘naltirish bo‘yicha taklif kiritildi.
Ushbu loyiha 2026-yilda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida va soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Belgilangan pul mablag‘lari Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratilib, loyiha ilmiy-tekshirish institutiga o‘tkazib beriladi.
Ajratilgan mablag‘larning maqsadi va to‘g‘ri sarflanishini “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ ta’minlaydi. Mazkur jarayon ustidan moliyaviy nazoratni esa Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining poytaxt boshqarmasi olib boradi.







