Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Reklama

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli

Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

Tatariston raisi O‘zbekiston prezidentiga hamdardlik telegrammasi yo‘lladi

11-avg, 09:52

Tatariston raisi Rustam Minnixanov Ukrainaning Nijnekamsk shahriga uyushtirgan dron hujumi oqibatida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonga hamdardlik bildirdi. Bu haqda TASS xabar qildi.

“Rustam Minnixanov O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik telegrammalarini yo‘lladi. Ularning fuqarolari xostelda halok bo‘lganlar orasida bo‘lgan, jami 9 kishi vafot etgan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Hujum oqibatida bir nafar Tojikiston va sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Minnixanov o‘z telegrammalarida halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning oilalariga barcha zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidlagan.

“Qaytarib bo‘lmas judolik dardini baham ko‘ramiz. Ushbu dahshatli terakt qurbonlarining oilalari bilan birgamiz. Ularga jasorat, ruhiy kuch va matonat, barcha jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman”, — deb yozgan Minnixanov.

Eslatib o‘tamiz, kecha,10-avgust kuni NIjnekamsk shahri dron hujumiga uchradi. Zarba oqibatida 13 kishi vafot etdi, halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bor.

Kecha, O‘zbekiston FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, halok bo‘lgan O'zbekiston fuqarolarining soni 8 nafarga yetgan. Shundan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi. Uning tarkibiga qator vazirlik va idoralar rahbarlari kiritilgan.

Hukumat komissiyasiga jabrlangan fuqarolarga zarur yordam ko‘rsatish, halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish va ularning oilalariga har tomonlama ko‘mak berish vazifalari yuklatilgan.

Halok bo‘lgan orasida bir nafar bir bola ham bo‘lgan. 70 dan ortiq kishi yordam so‘rab murojaat qilgan, 21 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Tatariston hukumati halok bo‘lganlar yodiga 10-avgustni motam kuni deya e’lon qildi.

Reklama

Shuningdek oʻqing

#Sport

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston termasi Toshkentda Suriyaga qarshi maydonga tushadi

15-sen, 17:43
#Jamiyat

Farg‘onada bajarmagan ishi uchun 283 tonna asfaltni “qo‘shib yozgan” mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

15-sen, 17:13
#Sport

Javohir Sindarov va Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempionligi uchun bahslashadi

15-sen, 17:09
#Jamiyat

Bank kartangiz bloklansa, sababini bilish uchun endi Markaziy bankka borish shart emas

15-sen, 17:00
#Jamiyat

O‘zbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif qilinmoqda

15-sen, 16:36
#O‘zbekiston

O‘zbekistonga 8 oyda 9 milliondan ortiq turist keldi

15-sen, 15:18

Kun tanlovi

#Siyosat

O‘zbekiston va Koreya Seulda 12 milliard dollarlik yirik loyihalar paketini tayyorladi

Seul shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi hamda ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi qator kelishuvlarga erishildi.

14-sen, 17:09
#Siyosat

Markaziy Osiyo va Koreya savdosi 5,7 mlrd dollarga yetdi

14-sen, 11:45
#Siyosat

Seulning eng baland binosi – Lotte Tower O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi

14-sen, 11:18

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Qashqadaryoda ham ekopolitsiya xodimlari huquqbuzarlar hujumiga uchradi

12-sen, 11:47
#Jamiyat

Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lidan birining jasadi topildi

9-sen, 14:45
#Jamiyat

“To‘yning ertasi kuniyoq tillalarni kuyovning oilasiga berganman”. Turkiyada tillalarni olib qochganlikda ayblangan o‘zbeksitonlik kelin izoh berdi

9-sen, 12:12
#Jamiyat

Chorvoq fojiasi: suv omborida cho‘kib ketgan ota va o‘g‘illarning barchasining jasadi topilib, qutqaruv yakunlandi

10-sen, 15:25
#Dunyo

Rasmiy Toshkent Saudiya Arabistoniga qilingan raketa va dron hujumlarini keskin qoraladi

13-sen, 08:35
#Dunyo

Rossiya Adliya vaziri MDHda mahkumlarni vataniga topshirishni soddalashtirishni taklif qildi

11-sen, 15:18
Yana koʻrsatish

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli