Surxondaryoda 10-sinf o‘quvchisi boshqargan Cobalt avtohalokatga uchrab, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 9-oktabr kuni onasiga tegishli Cobaltni boshqargan 10-sinf oʻquvchisi avtohalokatga sodir etdi. Oqibatda yo‘lovchilardan biri halok bo‘ldi. Bu ahqda viloyat YHXB xabar berdi.
Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, 2010-yilda tugʻilgan Termiz shahridagi 25-maktabning 10-sinf oʻquvchisi onasiga tegishli boʻlgan Cobaltni yuqori tezlikda boshqarib kelib, malakasizlik qilib boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻlning oʻrtasida oʻrnatilgan yoritish chiroqlari ustuniga borib urilgan.
Oqibatda haydovchi ogʻir tan jarohati sababli jonlantirish boʻlimiga yetkazilgan boʻlsa, avtomashina salonida boʻlgan, haydovchining 2010-yilda tugʻilgan sinfdoshi voqea joyida vafot etgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Termiz tumani Ichki idoralar boʻlimi tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.







