Surxondaryo viloyati hokimligi qimmatbaho xorijiy xizmat avtomobillarini auksionga qo‘ydi

Sotuvga qo‘yilayotgan texnikalar ro‘yxatidan 2020-yilgi Toyota Land Cruiser 200, 2017-yilgi Toyota Prado, 2016-yilda ishlab chiqarilgan Cadillac XTS hamda 2003-yilgi Mercedes-Benz S350L joy olgan. Avtomobillarni baholash va savdolarni tashkil etish hokimlik bosh hisobchisiga yuklatilgan bo‘lib, hozircha boshlang‘ich narxlar hamda auksion sanasi ochiqlanmagan.
Ushbu chora davlat boshqaruvi organlarida xorijiy xizmat mashinalaridan foydalanishni qisqartirish va mahalliy mahsulotlarga ustuvorlik berish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, amaldagi davlat rahbari 2025-yil mart oyidagi yig‘ilishda davlat idoralari xaridlarida mahalliy avtotransport va mebel mahsulotlaridan foydalanish zarurligini ta’kidlagan edi.









