Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

Sud qarorlariga ishonchni kuchaytirish: Prezident “Odil sudlov – 2030” strategiyasini ma’qulladi

15-avg, 10:21
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish uchun sud tizimi rahbarlari bilan uchrashdi…

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish uchun sud tizimi rahbarlari bilan uchrashdi. Unda sudlarni 2030-yilgacha rivojlantirishga qaratilgan “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasi taqdim etildi.

Strategiyada 57 ta vazifa, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar dasturida 160 ta chora-tadbir hamda 2030-yilgacha erishilishi lozim bo‘lgan 33 ta maqsad belgilangan.

Islohotlarning asosiy maqsadi fuqarolarning sudga ortiqcha ovoragarchiliksiz murojaat qilishi, buzilgan huquqlari o‘z vaqtida tiklanishi va sud qarorlarining adolatli ekaniga ishonchni kuchaytirishdan iborat.

2027-yil 1-iyuldan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi. Viloyat sudlarida apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari saqlanadi, taftish instansiyasining vakolatlari esa hududlararo sudlarga beriladi. Bu sudning o‘z qarorini o‘zi qayta ko‘rib chiqishi amaliyotiga chek qo‘yishi va fuqarolarning adolat izlab poytaxtga borish zaruratini kamaytirishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish uchun sud tizimi rahbarlari bilan uchrashdi…

Fuqarolik sudlari ham aholiga yanada yaqinlashtiriladi. 2030-yilgacha zaruratdan kelib chiqib, deyarli barcha tuman va shaharlarda fuqarolik sudlari faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Sudlarda axborot olish, murojaat yuborish va raqamli xizmatlardan foydalanish “yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etiladi.

Agar fuqaro arizani vakolati boshqa sudga tegishli bo‘lgan sudga topshirsa, hujjat unga qaytarilmaydi. Sudning o‘zi arizani tegishli sudga yuboradi. Arizada kichik kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etishda sud fuqaroga ko‘maklashadi.

Tadbirkorlar uchun iqtisodiy nizolarni tezroq hal qilish maqsadida “iqtisodiy ishlarni proaktiv boshqarish” standarti joriy etiladi. Bu idorama-idora yurish va hujjatlarni qayta-qayta topshirish zaruratini kamaytiradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha esa tergov va surishtiruv bosqichlarida inson huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi. “Asosli gumon” (prima facie) standarti joriy etilib, tergov sudyasiga shaxsni ushlab turish qonuniyligi va gumon yoki ayblov uchun yetarli asoslar mavjudligini tekshirish vakolati beriladi.

Yagona sud amaliyotini shakllantirish uchun Oliy sud Rayosati qarorlarini o‘z ichiga olgan ochiq “Pretsedentlar reyestri” yuritiladi. 2028-yildan esa sudyalarni odil sudlovga bevosita aloqador bo‘lmagan tashkiliy ishlardan ozod qilish uchun “sud ma’murchiligi” instituti joriy etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish uchun sud tizimi rahbarlari bilan uchrashdi…

“Raqamli sud” konsepsiyasi barcha sudlarda to‘liq ishga tushiriladi. my.sud.uz portali va uning mobil ilovasi takomillashtiriladi. Sudlarga murojaatlarning kamida 50 foizini elektron shaklda qabul qilish, sud majlislarining barchasini audioyozuvga olish hamda Oliy sud axborot tizimlari foydalanuvchilari sonini kamida 5 baravar oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mediatsiya va yarashuv mexanizmlari kengaytiriladi, noqonuniy deb topilgan ma’muriy hujjatlarning ochiq reyestri yuritiladi. “Xalq vakillari hay’ati” ishtirokida ko‘riladigan jinoyat turlari sonini kamida uchtaga yetkazish ham ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda sud apparati xodimlari uchun maxsus xizmat kiyimi namunasi ham ko‘rib chiqildi. Prezident strategiya loyihasini ma’qullab, undagi islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan tegishli farmonni imzoladi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
#Siyosat

Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi

26-okt, 18:34
Braziliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi.
#Siyosat

Lula da Silva Braziliyadagi saylovda g‘olib chiqib, to‘rtinchi bor prezident bo‘ldi

26-okt, 12:27

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish